2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq Xalq ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilgan edi. Ma’lumki, bu borada mamlakatimizda imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining ilmiy-pedagogik salohiyatni oshirish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
15 Apr