Ular mazkur maskandagi Ikkinchi jahon urushi yillarida tinchlikni asrash yo‘lida yuksak jasorat namunalarini ko‘rsatgan o‘zbekistonlik ota-bobolarimizning ibratli hayot yo‘llari va ularga taalluqli bo‘lgan eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Sayohat mobaynida yoshlar, Ona vatan tinchligi har narsadan ustun ekanligini taʼkidlab, yurtimizda xalq manfaati yo‘lida yaratilayotgan keng imkoniyatlardan samarali foydalanib, yurtga munosib voris bo‘lish har birimizninig burchimizdir – deya faxr bilan eʼtirof etishdi