Rossiya federatsiyasi hukumati O‘zbekiston Respublikasida Yoshlar tashkiloti tomonidan olib borilgan ikkinchi jaxon urushi va keyingi yillar davomidagi mardonavor mehnat yoritib berilgan ushbu kitob bilan tanishib, uni yuqori baholadi.
Joriy yilning 9 aprel kuni “G‘alab bog‘i” yodgorlik majmuasi “Shon-sharaf” muzeyining anjumanlar zalida mazkur kitobni yaratilishida va chop etishda faol ishtirok etgan mehnat faxriysi R. O. Аlimov va bir guruh faxriylarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Rossiya federatsiyasi elchixonasi 1-kotibi S. S. Ignatenko va Toshkent shahri hokimining maxalla, faxriylar va jamoat bilan ishlash bo‘yicha maslahatchisi, senator R. А. Kalonov qatnashdilar. Faxriylarga taqdim etilgan mazkur mukofot Rossiya federatsiyasi tomonidan joriy etilgan bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga zamin yaratdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.