BАXTLI BOLАLIKDАN АYRILGАN QАLBLАR
BАXTLI BOLАLIKDАN АYRILGАN QАLBLАR
BАXTLI BOLАLIKDАN АYRILGАN QАLBLАR
“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi harbiy xizmatchilari Poytaxtimizninig Uchtepa tumanida istiqomat qilayotgan Burykin Аnatoliy Ivanovich xonadonida bo‘lishdi. Otaxon o‘tmish xotiralarini eslar ekan, 1941 Insoniyat boshiga kelgan musibatlar, fashistlar tomonidan amalga oshirilgan qabihlik va yovuzliklar u kabi murg‘ak qalblarni bolalik baxtidan judo qilib, unutib bo‘lmas azobu-uqubatlarga ro‘baro‘ qilganini so‘zlab berdi.

– Otam 1941 yil frontga ketib, 1943 yil jang maydonlarida halok bo‘lgan, o‘sha davrda men 3 yoshli bola edim. Onam, akam va meni fashist bosqinchilari Zaksenxauzen kontslageriga olib ketdi. U yerda har bir tong ochlik va ho‘rliklar bilan boshlanardi. Huddi o‘lim yonimizda bizni ta’qib qilayotgandek edi. Har kecha titroq va qo‘rquv bilan tunlarni bedor o‘tkazardik,–deydi Аnotoliy Ivanovich.

Urush tugagach, Аnatoliy Ivanovichning Onasi Mariya Fyodorovnaning kontslagerda ko‘rgan uqubatlari sabab, sog‘ligi yomonlasha boshlaydi. Shifokorlar unga issiq o‘lkalarda yashashi kerakligini aytishadi. Shundan so‘ng, U Smolenskdan yashash uchun O‘zbekistonga keladi. Bu davrda yosh Аnatoliy va uninig akasi buvisining qo‘lida bir necha yil qolib ketadi. Bir oz vaqt o‘tib, ular ham Onasining yoniga yaʼni O‘zbekistonga kelib, osoyishta xayot kechira boshlaydi.

– Mening baxtiyor kunlarim shu yerda boshlandi. O‘zbekistonda yashab, unib o‘sdim, oila qurib, ikki o‘g‘ilni vatanga munosib qilib voyaga yetkazdim. Muhtaram Yurtboshimizning bizga ko‘rsatayotgan g‘amho‘rligidan, harbiy xizmatchilarning eʼtiboridan minnatdorman, – deydi Otaxon.

 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing