Kelajak yoshlar qo‘lida
Kelajak yoshlar qo‘lida
Kelajak yoshlar qo‘lida

Navro‘z Sharq xalqlari, jumladan, O‘zbekiston xalqi uchun eng qadimiy va azaliy bayramlardan biridir. Bahor fasli va tabiat uyg‘onishining timsoli, yasharish va yangilanish ramzi bo‘lmish bu ayyomni orziqib kutish, baland ruh va katta xursandchilik bilan nishonlash xalqimiz uchun olijanob anʼanaga aylangan. “G‘alab bog‘i” yodgorlik majmuasi hududidagi Аmfiteatrda Toshkent Turin politexnika universiteti huzuridagi akademik litsey o‘quvchilari tomonidan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda Mudofaa vazirligi harbiy orkestori jamoasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijro etildi. Shundan so‘ng o‘zbek milliy cholg‘u asboblari jo‘rligida milliy kuy va qo‘shiqlar yangradi. Barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashgan tadbirda o‘zbek milliy taomlaridan sumalak, ko‘k somsa, ko‘k chuchvara kabi tansiq taomlar mehmonlarga tortiq qilindi. Аyniqsa, ertamiz egalari bo‘lmish yoshlar tomonidan ijro etilgan milliy raqslar guldastasi hamda kuy va qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbir so‘ngida o‘quvchi yoshlar “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasidagi ekspozitsiyalar bilan tanishib, ikkinchi jahon urushi davrida Ota-bobolarimizning Vatan tinchligini asrash yo‘lida ko‘rsatgan matonati va jasoratiga oid maʼlumotlarni o‘rganishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing