MEHR-OQIBАTDАN QUVONGАN DILLАR
MEHR-OQIBАTDАN QUVONGАN DILLАR
MEHR-OQIBАTDАN QUVONGАN DILLАR
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq Xalq ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilgan edi. Ma’lumki, bu borada mamlakatimizda imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining ilmiy-pedagogik salohiyatni oshirish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doir masalalarga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 52-sonli imkoniyati cheklangan maktabda tahsil olayotgan bir guruh bolalar “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo‘lib, mazkur majmuaning barcha hududlari va “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi nodir eksponatlar bilan tanishdilar. Ularninig chaqnoq ko‘zlariga boqar ekansiz, xayotga bo‘lgan qiziqishlari va intilishlarini ko‘rib, tinch va osoyishta yurtimizda ularga ko‘rsatilayotgan insonparvarlik va mehr-oqibatning naqadar yuksak ekanligidan minnatdorlik hissini tuygandek bo‘lasiz go‘yo.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing