Yangiliklar
Rossiya Federatsiyasi Milliy Mudofaa boshqarmasi markazi ofitserlari “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi faoliyatiga yuqori baho berdi
Mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan tashqi siyosat borasida keng yo‘lga qo‘yilgan islohotlar natijasida millatlar, davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik, ahillik, o‘zaro hamjihatlik rishtalari tobora mustahkamlanib, horijiy davlatlar o‘rtasida xalqimizning boy madaniyati, an’analari va qadimiy tarixini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari kun sayin ortib bormoqda.
22 Noy
Qozog‘iston Mudofaa vaziri boshchiligidagi delegatsiya “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov 22-noyabr kuni Qozog‘iston Mudofaa vaziri general-leytenant Murat Bektanov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda ikki davlat mudofaa sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinib, kelgusidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida fikr almashildi. Uchrashuv chog‘ida qardosh xalqlarning birdamligi, ikki tomonlama harbiy-texnik hamkorlik masalalariga ham etibor qaratilib, mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama qilindi.
22 Noy
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida o‘quvchi yoshlar uchun sayyor darslar tashkil etildi
Ta’lim – tarbiya sifati va samaradorligini ta’minlashda, yosh avlodga zamon talablari asosida bilim berishda pedagog kadrlarninig kasbiy mahorati muhim o‘rin tutadi. Poytaxtimizning Olmazor tumani xalq ta’limi bo‘limi hamda “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamkorligida yoshlarni har tomonlama komil inson bo‘lib shakllanishlari uchun tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida o‘quvchi yoshlar uchun sayyor darslar tashkil etildi. Unda jami mingga yaqin bolajonlar ishtirok etdi.
19 Noy
O‘zbekiston Mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov Belarus Mudofaa vaziri general-leytenant Viktor Xrenin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
Yurtimizda kechayotgan islohotlar negizida aynan inson va uning manfaatlari mujassam. Bugungi kunda xalqaro hamkorlik aloqalarini har tomonlama rivojlantirish, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni yanada barqarorlashtirish, shuningdek, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamlashdan iboratdir. Ta’kidlash joizki, Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan tizimli ishlar ham ana shunday ezgu maqsadlarga qaratilgan.
18 Noy
MDHga a’zo mamlakatlar Qurolli Kuchlari metrologiya xizmatlarini muvofiqlashtirish qo‘mitasi a’zolari “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi
Yurtimizda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga a’zo mamlakatlar Qurolli Kuchlari metrologiya xizmatlarini muvofiqlashtirish qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilish ishtirokchilari dast avval poytaxtimizdagi "G‘alaba bog‘i" yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, "Matonat madhiyasi" monumenti poyiga gulchambar qo‘yishdi.
17 Noy
“Kasaba uyushmalari kuniga 1 yil” esdalik koʻkrak nishonlari topshirildi
Taʼkidlash joizki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda barcha sohalarda birdek olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijasida barcha sohalarda katta oʻzgarishlar va salmoqli natijalarga erishildi. Ana shunday izchil islohot va yangilanishlar jarayonida eng yirik jamoat tashkiloti boʻlgan kasaba uyushmalari ham faol ishtirok etib kelmoqdalar.
16 Noy
Harbiy xizmatchilar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi”ning harbiy xizmatchilari Mudofaa vazirligiga qarashli Markaziy harbiy poliklinikasining tor doiradagi mutaxassislari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
15 Noy
Rossiya federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Chupriyan boshchiligidagi delegatsiya “Gʻalaba bog‘i” da bo'ldi
Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Rossiya federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Chupriyan boshchiligidagi delegatsiya “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, ushbu maskan faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
13 Noy
“Xotiralardan o‘rin olgan tarix” nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “9-may – Xotira va qadrlash kuni, umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida chop etilgan “Xotiralardan o‘rin olgan tarix” kitobining navbatdagi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur kitob urushga safarbar etilgan vatandoshlarimizning farzandlari, yaqin qarindoshlari va do‘stlarining xotiralari asosida yaratilgan bo‘lib, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga erishishda o‘zbek xalqining munosib hissasi, bukilmas irodasi, mardligi va qahramonliklarini kelajak avlodga yetkazish maqsadida oddiy xalq tilida yaqinlari, farzandlari va nabiralarining yodida qolgan hikoyalar asosida chop etiladi.
12 Noy
Qozog‘iston Respublikasining Oliy harbiy ta’lim muassasalari mas’ul ofitserlari “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo‘lishdi
Qozog‘iston Respublikasining Oliy harbiy ta’lim muassasalari mas’ul ofitserlaridan iborat delegatsiya poytaxtimizda joylashgan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo‘lishdi. Tashrif avvalida mehmonlar majmuadagi ulug‘vor “Matonat ramzi” hisoblanmish Zulfiya Zokirova hamda uning oilasiga bag‘ishlangan yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yishdi.
12 Noy
Qozog‘iston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakillaridan iborat delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi
“O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan soha vakillarini qutlash uchun Qozog‘iston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakillaridan iborat delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.
11 Noy
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash hodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi a’zolari kasb bayrami munosabati bilan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo’lishdi
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash hodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi a’zolari kasb bayrami munosabati bilan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo‘lishdi. Tadbir ishtirokchilari dastavval majmua hududidagi matonatli o‘zbek ayoli Zulfiya Zokirova yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yishdi. “Shon sharaf” davlat muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishgan soha vakillari Ikkinchi jahon urushi davriga oid bo‘lgan nodir materiallar va eksponatlarni ko‘zdan kechirishdi.
11 Noy
Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing