Yurtimizda “O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari kuni” keng nishonlanmoqda
Yurtimizda “O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari kuni” keng nishonlanmoqda
Yurtimizda “O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari kuni” keng nishonlanmoqda
Ma’lumki 11-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasininig “O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan respublikamizninig barcha korxona va tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan kasaba uyushmalari hodimlarining kasb bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida ushbu sana munosabati bilan tantanali bayram dasturi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘z xizmat majburiyatlari va burchini vijdonan bajarib, fuqarolar o‘rtasida milliy armiyamizga bo‘lgan cheksiz hurmat va iftixor tuyg‘ularini shakllantirish, harbiy xizmat nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shib, yoshlarimizda jasurlik va fidoiylik kabi fazilatlarni shakllantirishda jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan kasaba uyushmalarining bir guruhi Mudofaa vazirligi rahbariyati tomonidan rag‘batlantirildi

Tadbir ishtirokchilariga Qurolli Kuchlar ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan qo‘shiqlar va milliy raqslar guldastasi tuhfa etildi.

–  Men bugun juda ham baxtiyorman. Mening kamtarona xizmatlarimni munosib baholab “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun” medali bilan taqdirlashdi. Ushbu e’tibor meninig kelajakda Ona vatanim oldidagi o‘z farzandlik burchimni yanada his qilgan holda, yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida kamol topishlari uchun o‘z hissamni qo‘shishimda kuch va g‘ayrat bag‘ishladi,–deydi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi kadrlar va saf bo‘limi yetakchi mutaxassisi Feruzaxon Karabayeva.

Aytish joizki, Kasaba uyushmalari tashkilotlarini ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning xuquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar ularni yanada samarali faoliyat yuritishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing