Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi tarixga sayohat qildi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi tarixga sayohat qildi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi tarixga sayohat qildi
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasininig bir guruh o‘qituvchi va mutahassislari ham “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sayohat uyushtirdi.

        Sayohat davomida “Shon-sharaf” davlat muzeyi hamda Majmua faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘tmish va bugunni bog‘lovchi ushbu dargoh chin ma’noda insonni tarixga yetaklovchi, O‘zbekiston xalqininig Ikkinchi jahon urushi davridagi ona vatanga bo‘lgan sadoqati va muhabbatini so‘zsiz va ishoralarsiz inson ongiga yetkazib beruvchi jonli maskan,– deya ta’kidlashdi. Darxaqiqat, ushbu majmua nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xorijlik mehmonlarninig ham qalbidan mustahkam o‘rin egallamoqda. Muhtaram Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Tarixni chuqurroq anglamay turib, mustahkam kelajakni barpo etib bo‘lmaydi”. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ham ana shunday ezgu maqsadlarga qaratilgan.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing