Ertamiz egalari tantanali “Va’da” berishdi
Ertamiz egalari tantanali “Va’da” berishdi
Ertamiz egalari tantanali “Va’da” berishdi
Vatanni onaga qiyoslaymiz. Zero, inson ona allasi va ona mehri bilan ulg‘ayadi, kamol topadi. Vatan esa, o‘z bag‘rida o‘nib o‘sayotgan farzandlari uchun mustahkam qo‘rg‘ondir. Bu muqaddas tushunchalar insonni doimo ezgu maqsadlar va yuksak marralar sari undaydi. Jonajon vatanimizninig tinchligi va farovonligi esa, shu makonda yashayotgan fuqarolarning sadoqati va fidoiyligiga chambarchas bog‘liqdir. Yurtimizda vatanimiz tinchligini asrab-avaylash, ajdodlarimizdan bizga me’ros bo‘lib kelayotgan sadoqat va insonparvarlik hamda fidoiylik tuyg‘ularini yoshlarimiz ongiga singdirish, vatanga munosib farzandlar etib kamol topishida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini kengaytirish borasidagi izchil islohotlarning amaliy natijalariga ko‘plab misollar keltirishimiz mumkin.

Jumladan, poytaxtimizda joylashgan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi chin ma’noda yoshlar qalbida Vatan tinchligi har narsadan ustun ekanligini anglatuvchi dargohga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugungi kunda ushbu maskanda turli hil vatanparvarlik  tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. Jumladan, poytaxtimizninig Olmazor tumanida joylashgan nodavlat “Istiqlol” o‘quv vatanparvar sport guruhida tahsil olayotgan ertamiz egalari Vatanga sodiq va munosib farzand bo‘lish oliy baxt ekanini his qilgan holda tantanali “Va’da” berishdi. Ularninig qalbida ertangi kunga bo‘lgan ishonch, vatanga bo‘lgan muxabbat, keksalarga nisbatan hurmat va ehtiromli bo‘lish eng oliy qadriyat ekanini his qilayotganliklarini ko‘zlarida porlagan shijoatdan anglash mumkin.

Yurtimizda bugungi kun yoshlari uchun barcha imkoniyatlar eshigi ochildi. Bu esa, ularni yanada yuksak marralar sari intilishlari va bu imkoniyatlardan unumli foydalanishlari uchun zamin yaratmoqda. “Istiqlol” gruhida tahsil olayotgan tinglovchilarimizning vatan oldidagi burchini his qilgan holda tantanali “Va’da” berganligi ham fikrimizninig yorqin misolidir,–deydi “Istiqlol” o‘quv vatanparvar sport gruhi rahbari Mahmudjon Norboboyev.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing