Yangiliklar
8-Mart munosabati bilan ayollarga xurmat ehtirom ko‘rsatildi
Har yili 8 mart – xotin-qizlar bayrami sifatida xalqaro miqyosda nishonlanadi.
07 Mar
Xalqaro hamkorlik natijasi
2023 yilning 9- fevral kuni Rossiya Federasiyasining Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada “Shon-sharaf” davlat muzeyi katta ilmiy xodimi Rahimov Sharof Murodovich “O‘zbekistonliklarning stalingrad jangidagi jasorati” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi
05 Mar
“Eng yaxshi ilmiy maqola” xalqaro ilmiy-amaliy tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida “ENG YAXSHI ILMIY MAQOLA” xalqaro ilmiy-amaliy tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi tantanali ravishda o‘tkazildi.
05 Mar
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi  navbatdagi memorandumni imzoladi
Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar instituti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
28 Fev
Hindiston harbiylaridan iborat delegatsiya “Gʻalaba bog‘i” ga tashrif buyurdi
So‘nggi yillarda Mudofaa vazirligi xalqaro harbiy hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish hamda mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda.
21 Fev
“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida buyuk siymolar yod etildi
“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida Mudofaa vazirligi ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Toshkent harbiy prokuraturasi hamkorligida she’riyat mulkining sultoni, o‘zbek xalqi tarixida o‘chmas iz qoldirgan Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda o‘rta asr sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim, buyuk davlat arbobi va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
10 Fev
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida “Vatan tayanchi” harakatining nishonlari topshirildi
2022-yil 2-mart kuni O‘zbekiston Prezidentining “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi.
03 Fev
“Askar maktublari” kitob-albomining taqdimoti boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 31 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi hamda “Oʻzarxiv” agentligi hamkorligida “Askar maktublari” hamda “Oʻzbekiston Turkiya aloqalari Hujjatlarda” kitob - albomlarining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Unda Mudofaa vazirligi faxriylari, kursantlar, keng jamoatchilik vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.
13 Yan
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida vatanparvarlik tadbirlari koʻtarinki ruhda davom etmoqda
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda 14 - yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda soʻz olganlar yurtimiz mustaqillikka erishgan ilk yillaridanoq mamlakatimiz mudofaasini kuchaytirish masalasi davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilab olingani, bugungi kunda mamlakatimiz qudratli va milliy armiyaga ega boʻlgan holda erishilgan yutuqlar xaqida yigʻilganlarga maʼlumotlar berishdi.
10 Yan
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvlari” tashkil etilmoqda
"Gʻalaba bogʻi" yodgorlik majmuasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Unda Mudofaa vazirligi faxriylari hamda ofitserlari, “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati otryadi oʻquvchilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
06 Yan
Yurtimizda tahsil olayotgan xorijlik yoshlar “Gʻalaba bogʻi”ga sayohat qilishdi
Maʼlumki, yurtimizning barcha oʻquv dargohlarida tahsil olayotgan oʻquvchilar hamda talabalar qishki taʼtilga chiqishdi. Ularning ushbu taʼtilni mazmunli va samarali oʻtkazishlari uchun barcha qulaylik va sharoitlar yaratilmoqda. Jumladan, yoshlarning maʼnaviy xordiq chiqarishlari uchun mamlakatimizning diqqatga sazovor joylariga sayohatlar uyushtirilmoqda. Bugun Poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi ham talabalar bilan gavjum. Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil olayotgan Xindiston hamda Pokistonlik yoshlar ushbu majmua faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
02 Yan
“Milliy armiyamiz - Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir”
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida Mudofaa vazirligi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamkorligida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda 14- yanvar Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan “Milliy armiyamiz - Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, shoir va yozuvchilar, Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti kursantlari, Mudofaa vazirligi Maxsus avariya tiklash boshqarmasi muddatli harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.
27 Dek
Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing