“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi Xorijlik mehmonlarning eʼtiborida
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi Xorijlik mehmonlarning eʼtiborida
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi Xorijlik mehmonlarning eʼtiborida
Yangi Oʻzbekiston tarixiy bosqichiga qadam qoʻyilgan ilk kunlardan buyon yurtimizda maʼnaviyat va maʼrifatga boʻlgan alohida eʼtibor, boy va hech kimda yoʻq tarixiy-madaniy merosimiz qadr-qimmatini oʻrniga qoʻyish, uni chuqur oʻrganish va sohalar rivojida unumli foydalanishga alohida urgʻu berib kelinmoqda.

        Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi davrida Ona Vatan tinchligini taʼminlashda sadoqat va sabr toqat bilan jasorat koʻrsatgan yurtdoshlarimizning bosib oʻtgan xayot yoʻlini ertamiz egalari boʻlmish yosh avlod qalbiga singdirib, ularni ajdodlarga munosib voris qilib kamol topishlari uchun imkoniyatlar yaratilmoqda. “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi shu kabi ezgu maqsadlar yoʻlida barpo etilgan boʻlib, bugun ushbu maskan yurtimizga tashrif buyurgan Xorijlik mehmonlarninig ham eʼtiborini tortmoqda. Birgina oktyabr oyininig oʻzida Fransiya, Gollandiya, Braziliya, Avstriya,  Indoneziya, Pokiston, Eron, Hindiston, Rossiya federatsiyasi,  Ukraina, Turkiya, Tojikiston, Qirgʻiziston kabi qator davlatlardan delegatsiyalar tashrif buyurdi. Mazkur Maskan faoliyatiga yuqori baho bergan mehmonlar oʻzlarining olgan taasurotlarini yozib qoldirishdi. Majmua tarkibidagi  “Shon sharaf” davlat muzeyidan oʻrin olgan Ota-bobolarimizninig jang maydonlarida koʻrsatgan qahramonligini oʻzida aks etgan eksponatlar va ularninig tarixi bilan bogʻliq maʼlumotlar  bilan tanishgan mehmonlar Oʻzbekiston xalqininig naqadar xalqparvar va sahovat egasi ekanini taʼkidladilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing