Qozog‘iston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakillaridan iborat delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi

“O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan soha vakillarini qutlash uchun Qozog‘iston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakillaridan iborat delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Mehmonlar poytaxtimizninig diqqatga sazovor joylarini ko‘zdan kechirishdi. Jumladan, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga kelgan mehmonlar mazkur maskan faoliyatiga yuqori baho berib, o‘zlarinig iliq taassurotlarini bildirishdi. Shuningdek, majmuaning barcha hududlarini ko‘zdan kechirar ekan, huddi tarixga sayohat qilgandek his etdik o‘zimizni deya ta’kidlashdi. Sayohat davomida majmua hududiga o‘rnatilgan matonatli o‘zbek ayoli Zulfiya Zokirova yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yishdi. “Shon-sharaf” davlat muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishgan mehmonlar O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushi davrida vatan tinchligini asrash yo‘lida ko‘rsatgan yuksak insonparvarligi hamda jang maydonlaridagi qahramonligini o‘zida aks etgan noyob materiallar hamda ularga tegishli ekspozitsiyalar bilan tanishib, olgan taassurotlarini esdalik sifatida yozib qoldirishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing