Yangiliklar
“Mudofaa vazirligi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organlari mutaxassislari kuni” munosabati bilan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bayram tadbiri o‘tkazildi.
13 Dek
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan tantanali bayram dasturi o‘tkazildi.
07 Dek
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida o‘quvchi yoshlar uchun ochiq darslar tashkil etildi
Poytaxtimizning Olmazor tumani xalq ta’limi bo‘limi hamda “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamkorligida yoshlarni har tomonlama komil inson bo‘lib shakllanishlari uchun tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida o‘quvchi yoshlar uchun sayyor darslar tashkil etildi. Unda jami mingga yaqin bolajonlar ishtirok etdi.
02 Dek
Xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda
Gʻalaba bog‘i yodgorlik majmuasini xalqimiz, ayniqsa, yoshlar uchun harbiy tarix va ajdodlarimiz qahramonligini o‘rganish bo‘yicha ilmiy markazga aylantirish borasida qator ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazilib, nafaqt yurtimiz, balki qator xorijiy davlatlarning nufuzli tashkilotlari bilan ham hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda.
01 Dek
Koreya Milliy politsiya Universiteti prezidenti Lee Cheol–Goo boshchiligidagi delegatsiya “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif  buyurdi
Tarixdan so‘zlovchi maskan hisoblanmish “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Koreya Milliy politsiya Universiteti prezidenti Lee Cheol–Goo boshchiligidagi delegatsiya ushbu maskanga tashrif buyurdi.
30 Noy
“Gʻalaba bog‘i” yogorlik majmuasida ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining O‘zbekistonning Eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi – metodik markazi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi hamda O‘zbekiston “Prometey” vatanparvarlik-qidiruv ekspeditsiyasi hamkorligida “Ikkinchi jahon urushi va O‘zbekiston xalqi – tadqiqotlar” mavzusida ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
29 Noy
“Shon-sharaf” davlat muzeyi va Polsha muzeyi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
“Gʻalaba bogʻi” majmuasidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi va Polshaning Gdansk shahridagi Ikkinchi jahon urushi davlat muzeyi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
27 Noy
“Eng yaxshi kutubxona”, “Eng ilgʻor kutubxonachi” va “Eng ilgʻor madaniyat markazi boshligʻi” koʻrik-tanlovi yakunlandi
Keyingi yillarda Mudofaa vazirligi tizimida kutubxonalar ishini takomillashtirishga, madaniyat markazlari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirishga alohida eʼtibor berilmoqda. Vazirlik miqyosida har yili oʻtkazilib kelinayotgan “Eng yaxshi kutubxona”, “Eng ilgʻor kutubxonachi” va “Eng ilgʻor madaniyat markazi boshligʻi” koʻrik-tanlovi esa bu yoʻnalishdagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqayotgani bilan eʼtirofga sazovor.
27 Noy
Tojikiston Milliy gvardiyasi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sayohat qildi
Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Tojikiston Respublikasi Milliy Gvardiya qo‘mondoni boshchiligidagi delegatsiya “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyiga tashrif buyurdi.
24 Noy
Rossiya Federatsiyasi Milliy Mudofaa boshqarmasi markazi ofitserlari “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi faoliyatiga yuqori baho berdi
Mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan tashqi siyosat borasida keng yo‘lga qo‘yilgan islohotlar natijasida millatlar, davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik, ahillik, o‘zaro hamjihatlik rishtalari tobora mustahkamlanib, horijiy davlatlar o‘rtasida xalqimizning boy madaniyati, an’analari va qadimiy tarixini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari kun sayin ortib bormoqda.
22 Noy
Qozog‘iston Mudofaa vaziri boshchiligidagi delegatsiya “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov 22-noyabr kuni Qozog‘iston Mudofaa vaziri general-leytenant Murat Bektanov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda ikki davlat mudofaa sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinib, kelgusidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida fikr almashildi. Uchrashuv chog‘ida qardosh xalqlarning birdamligi, ikki tomonlama harbiy-texnik hamkorlik masalalariga ham etibor qaratilib, mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama qilindi.
22 Noy
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida o‘quvchi yoshlar uchun sayyor darslar tashkil etildi
Ta’lim – tarbiya sifati va samaradorligini ta’minlashda, yosh avlodga zamon talablari asosida bilim berishda pedagog kadrlarninig kasbiy mahorati muhim o‘rin tutadi. Poytaxtimizning Olmazor tumani xalq ta’limi bo‘limi hamda “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamkorligida yoshlarni har tomonlama komil inson bo‘lib shakllanishlari uchun tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida o‘quvchi yoshlar uchun sayyor darslar tashkil etildi. Unda jami mingga yaqin bolajonlar ishtirok etdi.
19 Noy
Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing