Yurt fidoiylarini ona vatan aslo unutmaydi
Yurt fidoiylarini ona vatan aslo unutmaydi
Yurt fidoiylarini ona vatan aslo unutmaydi
Joriy yilning 5 iyul kuni O‘zbekiston “Veteran” Jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi hamda “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi jamoasi hamkorligida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida tug‘ilib voyaga yetgan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni Qanilbay Tasqulovning 100 yillik xotira kechasiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

        Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Bo‘stonliq tumanidagi 24-sonli umumta’lim maktabida qahramonimiz Qanilbay Tasqulovning byusti o‘rnatilgan bo‘lib, uning jang maydonlarida ko‘rsatgan qahramonligi va jasoratidan hikoya qiluvchi muzey ham tashkil etilgan. Bugungi kunda ushbu muzey yoshlarni vatanparvarlik ruhida kamol topishlari uchun xizmat qilmoqda. Tadbirda yurtdoshimizning bosib o‘tgan xayot yo‘li, tinchlikni asrashda ko‘rsatgan qahramonligi hususida so‘z bordi. Xotira kechasida qahramonning farzandi Nurali Taskulovga O‘zbekiston “Veteran” Jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi tomonidan “Veteran Afganistana” ordeni topshirildi. Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Nurali Taskulov ham otasi Qanilbay Tasqulov kabi vatan tinchligini asrash yo‘lida fidoiylik ko‘rsatgan yurtdoshllarimizdan biridir. Tadbirda “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi tomonidan maktab muzeyiga “O‘zbekiston Ikkinchi jahon urushi davrida” nomli kitobi hamda bir qator badiiy kitoblar topshirildi. Shundan so‘ng, mazkur maktabda tahsil olayotgan iste’dodli yoshlar tomonidan vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing