SHANHAY HAMKORLIK TASHKILOTIGA A’ZO DAVLATLAR MUDOFAA VAZIRLARI "GʻALABA BOGʻI" MAJMUASIGA TASHRIF BUYURDI
SHANHAY HAMKORLIK TASHKILOTIGA A’ZO DAVLATLAR MUDOFAA VAZIRLARI
SHANHAY HAMKORLIK TASHKILOTIGA A’ZO DAVLATLAR MUDOFAA VAZIRLARI "GʻALABA BOGʻI" MAJMUASIGA TASHRIF BUYURDI
Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Shanxay  hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar mudofaa vazirlaridan iborat delegasiya poytaxtimizdagi "Gʻalaba bog‘i" yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.

        Nufuzli mehmonlar dastavval majmua hududidagi matonatli o‘zbek ayoli Zulfiya Zokirova hamda uning sadoqatli kelinlari  sharafiga o‘rnatilgan "Matonat madhiyasi" monumenti poyiga gulchambar qo‘yib, tazim bajo keltirishdi. Shundan so‘ng, "Shon-sharaf" davlat muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif  chog‘ida mehmonlarga "Gʻalaba bog‘i" yodgorlik majmuasi rahbariyati tomonidan esdalik sifatida "Ikkinchi jahon urushi davridagi O‘zbekiston xalqining ko‘rsatgan oliyjanobligi va qahramonligi»ni o‘zida aks etgan kitoblar sovg‘a qilindi. "Gʻalaba bog‘i" yodgorlik majmuasi hamda "Shon sharaf" davlat muzeyi faoliyatiga yuqori baho bergan martabali mehmonlar ushbu maskandan olgan taasurotlarini esdalik sifatida yozib qoldirishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing