Bangladesh Qurolli Kuchlari Milliy Mudofaa kolleji rahbariyati va o‘qituvchilari “Gʻalaba bog‘i”ga sayohat qilishdi

Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Bangladesh Qurolli Kuchlari Milliy Mudofaa kolleji o‘qituvchilaridan iborat delegasiya “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sayohat qilishdi.

        Ushbu maskan faoliyati bilan yaqindan tanishgan mehmonlar, azal-azaldan O‘zbekiston xalqi xalqparvar va oliyjanob ekanligini ta’kidlashdi.

– O‘tmish va bugunni bog‘lovchi ushbu maskanga kirar ekanmiz, insonlar o‘rtasidagi mehr-oqibatni yanada kuchaytirish, tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetish, qolaversa, dunyo xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashda bu kabi maskanlarning o‘rni muhim ekanligini yana bir bora his etdik,–deydi delegasiya rahbari Admiral Mohammad Moyeenul Haque. Shundan so‘ng, mehmonlar “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi noyob eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing