Shanhay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning ichki ishlar hamda jamoat xavfsizligi vazirlari "Gʻalaba bogʻi" majmuasiga tashrif buyurdi
Shanhay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning ichki ishlar hamda jamoat xavfsizligi vazirlari
Shanhay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning ichki ishlar hamda jamoat xavfsizligi vazirlari "Gʻalaba bogʻi" majmuasiga tashrif buyurdi
Yurtimizda mehmon boʻlib turgan Shanhay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning ichki ishlar hamda jamoat havfsizligi vazirlaridan iborat delegatsiya poytaxtimizdagi "Gʻalaba bogʻi" yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.

Nufuzli mehmonlar dastavval majmua hududidagi "Matonat madhiyasi" monumenti poyiga gulchambar qoʻyishdi. Shundan soʻng, "Shon-sharaf" davlat muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif  chogʻida mehmonlarga "Gʻalaba bogʻi" yodgorlik majmuasi rahbariyati tomonidan esdalik sifatida Ikkinchi jahon urushi davridagi Oʻzbekiston xalqining koʻrsatgan oliyjanobligi va qahramonligini oʻzida aks etgan kitoblar sovgʻa qilindi. "Gʻalaba bogʻi" yodgorlik majmuasi hamda "Shon-sharaf" davlat muzeyi faoliyatiga yuqori baho bergan mehmonlar ushbu maskandan olgan taassurotlarini faxriy mehmonlarning dil izhorlarini bitish kitobiga yozib qoldirishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing