Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hay’ati raisi Mixail  Myasnikovich “Gʻalaba bog‘i” majmuasi bilan tanishdi

Yurtimizga tashrif buyurgan Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hay’ati raisi Mixail Myasnikovich boshchiligidagi delegatsiya poytaxtimizdagi «Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

        O‘tmish va bugunni  bog‘lab turuvchi ko‘prik vazifasini o‘tab, tinchlik va osoyishtalik, ajdodlarga bo‘lgan chuqur xurmat va ehtirom ramzi bo‘lmish ushbu maskan mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, “Shon-sharaf” davlat muzeyidan o‘rin olgan ota-bobolarimizga tegishli bo‘lgan noyob eksponatlar hamda nodir materiallarni ko‘zdan kechirgan mehmonlar, o‘tmishda O‘zbekiston xalqining tinchlikni asrash yo‘lida ko‘rsatgan matonati, xalqlar va millatlar ozodligi yo‘lidagi oliyjanobligi va insonparvarligi xususida so‘z yuritib, olgan taassurotlarini yozib qoldirishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing