“Eng ilg‘or boshlang‘ich tashkilot yetakchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi
“Eng ilg‘or boshlang‘ich tashkilot yetakchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi
“Eng ilg‘or boshlang‘ich tashkilot yetakchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi tomonidan Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida “Eng ilg‘or boshlang‘ich tashkilot yetakchisi” hamda “Eng ilg‘or boshlang‘ich tashkilot yetakchisi xonasi” tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu loyihani amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad, bilimga chanqoq hamda jismoniy qobiliyatga ega, ammo oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan bolalarga beg‘araz yordam ko‘rsatishdan iboratdir.

Shuningdek, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni turli salbiy illatlar ta’siriga tushib qolishlarining oldini olish va o‘z vaqtida to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish, Qurolli kuchlar harbiy xizmatchilari o‘rtasida mehr-oqibat, insoniylik hislatlari hamda raqobatni shakllantirish kabi muhim masalarni amalga oshirishdan iboratdir. Tanlov shartlariga ko‘ra “Eng ilg‘or boshlang‘ich tashkilot yetakchisi” yo‘nalishi bo‘yicha Havo Hujumidan Mudofaa qo‘shinlari  va harbiy havo kuchlari qo‘mondonligidan yetakchisi faxrli birinchi o‘rinni, “Eng ilg‘or boshlang‘ich tashkilot yetakchisi xonasi” yo‘nalishi bo‘yicha  esa Markaziy harbiy okrugi qatnashchilari  birinchi o‘rinni egallashga muvofiq bo‘lishdi. O‘ylaymizki, bu kabi tanlovlarning o‘tkazib kelinayotgani Xalq va armiya birdamligini mustahkamlash, yoshlarda ona vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘ularini yanada kuchaytirib, vatanga munosib komil inson bo‘lib voyaga yetishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing