Turkiyalik mehmonlar "Gʻalaba bogʻi" yodgorlik majmuasiga yuqori baho berdi
Turkiyalik mehmonlar
Turkiyalik mehmonlar "Gʻalaba bogʻi" yodgorlik majmuasiga yuqori baho berdi
Turkiya politsiyasi uchinchi darajali xavfsizlik mudiri Dogʻan Akkaya boshchiligidagi delegatsiya "Gʻalaba bogʻi" yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi. Majmua faoliyati bilan yaqindan tanishgan mehmonlar ushbu maskan faoliyatiga yuqori baho berib, oʻtmishda Oʻzbekiston xalqining vatan tinchligi va xalqlar ozodligi yoʻlida koʻrsatgan qahramonligi, fidoiyligi va insonparvarligini alohida taʼkidlashdi.

- Oʻzbekiston xalqi azal-azaldan xalqparvar, bolajon va mehmondoʻsdir. Bugungi kunda yurtingizda olib borilayotgan islohotlar natijasida buyuk ajdodlarga, keksalarga koʻrsatilayotgan chuqur xurmat va ehtirom Oʻzbekiston xalqining naqadar fidoiy va vatanparvar ekanligidan dalolatdir,- deydi delegatsiya rahbari Dogʻan Akkaya.  "Shon sharaf" davlat muzeyidagi nodir eksponatlar hamda noyob materiallar delegatsiya vakillarida katta taasurot qoldirdi. ­

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing