Yangiliklar
Oʻzbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasi aʼzolari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi bugungi kunda tarix va oʻtmishni bogʻlab turuvchi, shu bilan birga, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega boʻlgan maskan hisoblanadi.
15 Fev
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi keng nishonlandi
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi hamda Mudofaa vazirligi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkorligida oʻzbek xalqi tarixida oʻchmas iz qoldirgan ulugʻ shoir va buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda yoshlar, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, shoir va madaniyat xodimlari ishtirok etdi.
11 Fev
Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligi munosib nishonlanmoqda
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi, Respublika harbiy prokuraturasi hamda Mudofaa vazirligi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkorligida Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda kelajagimiz egalari boʻlmish yoshlar, yurtimizning taniqli yozuvchi va shoirlari ishtirok etdi. Taʼkidlash joizki, Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy – ilmiy meʼrosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy – estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutadi. Ulugʻ shoir oʻzining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarni, ona tilimizning beqiyos soʻz boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam oʻrin egallagan.
08 Fev
G'alaba bog'ida
“Galaba bogi” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon sharaf” davlat muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli xonandasi Dadaxon G’aniyev tomonidan yozilgan “Yuraklarda vatan madhi”  she’riy to‘plamining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
30 Yan
2022 yil 27 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Chirchiq Oliy Tank Qo‘mondonlik Muhandislik bilim yurtida “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” hamda “O‘zbekiston Respublikasi Shon-sharaf davlat muzeyi” kitob-albomlarining "Shaxsiy tarkibda milliy g‘ururni shakllantirishdagi o‘rni" nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
27 Yan
Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari “Gʻalaba bog‘i” da
Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlaridan iborat delegasiya “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo‘lishdi.
26 Yan
Birinchi oʻzbek Generali Sobir Rahimov tavalludining 120-yilligi keng nishonlandi
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida birinchi Oʻzbek Generali Sobir Umarovich Rahimov tavalludining 120-yilligiga bagʻishlangan xotira kechasi boʻlib oʻtdi. Tadbir avvalida Majmua jamoasi poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi Birodarlik qabristonida Sobir Rahimov sharafiga oʻrnatilgan yodgorlik poyiga gul qoʻyib, hurmat-ehtirom koʻrsatdi.
25 Yan
Jonkuyar xodimlar munosib taqdirlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan tantanali bayram dasturlari yurtimiz boʻylab davom etmoqda.
20 Yan
Ajdodlarga munosib bo‘lish, biz uchun sharafdir
Ichki ishlar vazirligining Respublikaning barcha tuman va shahar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari uchun seminar-treninglar tashkil etildi.
19 Yan
VATAN HIMOYACHILARI KUNI MUNOSIB NISHONLANMOQDA
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasiga xotira daraxti ekildi.
14 Yan
Tinchlik va xotirjamlik  bebaho ne’mat
Vatan – muqaddas va azizdir. Uning tinchligini asrab-avaylash esa, har birimizning muqaddas burchimizdir.
12 Yan
Faxriylar holidan xabar olindi
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi jamoasi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan faxriylar holidan xabar olishdi.
11 Yan
Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing