VATAN HIMOYACHILARI KUNI MUNOSIB NISHONLANMOQDA
VATAN HIMOYACHILARI KUNI MUNOSIB NISHONLANMOQDA
VATAN HIMOYACHILARI KUNI MUNOSIB NISHONLANMOQDA
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasiga xotira daraxti ekildi.

      Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida qator vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, Oʻzbekiston “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi hamkorligida oʻtkazilgan bayram tadbiri barcha ishtirokchilarda katta taasurot qoldirdi. Unda oʻz kasbininig fidoiylari, yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda oʻz hissasini qoʻshib, yurtimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarda faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh harbiylar hamda faxriylar Oʻzbekiston “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi tomonidan “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun” medali bilan taqdirlandi. Barchaga unutilmas onlarni hadya etgan tadbirda sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan vatanni madh etuvchi kuy va qoʻshiqlar tadbir ishtirokchilariga yanada shijoat va aʼlo kayfiyat ulashdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing