Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi keng nishonlandi
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi keng nishonlandi
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi keng nishonlandi
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi hamda Mudofaa vazirligi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkorligida oʻzbek xalqi tarixida oʻchmas iz qoldirgan ulugʻ shoir va buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda yoshlar, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, shoir va madaniyat xodimlari ishtirok etdi.

Taʼkidlash joizki, Ulugʻ shoir oʻzining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarni, ona tilimizning beqiyos soʻz boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam oʻrin egallagan. Tadbirda yozuvchi va shoirlar tomonidan buyuk bobokalonimizning bosib oʻtgan hayot yoʻli hamda ijodini ochib beruvchi  maʼruzalar oʻqilib, yoshlar esa, oʻzlarini qiziqtirgan savolarga javoblar olishdi. Mudofaa vazirligi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi qoshidagi “Turon” harbiy davlat teatri aktyorlari tomonidan Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti bilan bogʻliq sahna asarlari namoyish etildi. Ayniqsa, Qurolli kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan ijro etilgan Bobur Mirzo qalamiga mansub boʻlgan gʻazallarga bastalangan kuylar ishtirokchilarga unutilmas onlarni hadya etdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing