G'alaba bog'ida "Yuraklarda vatan madhi" kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi
G'alaba bog'ida
G'alaba bog'ida "Yuraklarda vatan madhi" kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi
“Galaba bogi” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon sharaf” davlat muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli xonandasi Dadaxon G’aniyev tomonidan yozilgan “Yuraklarda vatan madhi”  she’riy to‘plamining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

        Unda el ardog’idagi shoir va yozuvchilar, harbiylar hamda yoshlar ishtirok etdilar. So‘z olganlar Dadaxon G’aniyevning 25 yillik xizmat faoliyati davomida erishgan yutuqlari, uning o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqati va fidoiyligi borasida  so‘z yuritishdi.

        "Ushbu she’riy to‘plamni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan chop etdik, Meni qo‘llab-quvvatlagan mutasaddilarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Kelajakda rejalarim bisyor, Ona vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlab, xalq farovonligini ta’minlashda tunu-kun xizmat qilayotgan harbiylar, qurolli kuchlar xizmatchilarining vatanga bo‘lgan muhabbati va sadoqatini tarannum etuvchi ko‘plab vatanparvarlik ruhidagi she’riy to‘plamlarni chop etib, san’atimiz rivojiga o‘z hissamni qo‘shishga va’da beraman",- deydi Dadaxon G’aniyev.

        Darhaqiqat uning “Yigitlar”, “Qudratli armiya”, “Qasamyod” , “Yangi O‘zbekiston” kabi ko‘plab she’rlari kuyga solinib, davlat tadbirlarida ijro etib kelinmoqda.  Ta’kidlash joizki, o‘z kasbining ustasi, samimiy va sofdil ijodkor Dadaxon G’aniyev  bugun shogirdlari va safdoshlariga o‘rnak va namuna bo‘lib,  Qurolli kuchlar markaziy ashula va raqs ansamblining rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing