Jonkuyar xodimlar munosib taqdirlandi
Jonkuyar xodimlar munosib taqdirlandi
Jonkuyar xodimlar munosib taqdirlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan tantanali bayram dasturlari yurtimiz boʻylab davom etmoqda.

       . Jumladan, “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida ham ushbu qutlugʻ sana munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Unda Mamlakatimiz Mudofaa qudratini mustahkamlash va Qurolli kuchlarni barpo etishga salmoqli hissa qoʻshgan, yuqori professional mahorati, harbiy-vatanparvarlik burchiga sadoqatini namoyon etgan harbiy xizmatchilar hamda Qurolli Kuchlar xizmatchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasis etilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.

        - Mening kamtarona xizmatlarim inobatga olinib “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandim. Bu esa men va men kabi hamkasblarimga yanada oʻz kasbiga boʻlgan shijoati va gʻayratini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqil va Yangi Oʻzbekistonimiz ravnaqini koʻklarga koʻtarishda, yoshlarni vatanparvarlik ruhida kamol topishlari uchun bor kuch va gʻayratimni ayamiyman, – deydi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasining Eksponatlarni roʻyhatga olish va hisobini yuritish boʻlimi boshligʻi Zubaydullo Karimov.

        Tadbirda oʻz xizmat vazifasini sidqidildan ado etib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvon, shuningdek,faol va tashabbuskor Qurolli Kuchlar xizmatchilarining bir guruhiga faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi. Tadbir soʻngida Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan ijro etilgan vatanni madh etuvchi kuy va qoʻshiqlar barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing