"O'zbekiston Qurolli kuchlariga 30 yil" nomli kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi
"O'zbekiston Qurolli kuchlariga 30 yil" nomli kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi
2022 yil 27 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Chirchiq Oliy Tank Qo‘mondonlik Muhandislik bilim yurtida “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” hamda “O‘zbekiston Respublikasi Shon-sharaf davlat muzeyi” kitob-albomlarining "Shaxsiy tarkibda milliy g‘ururni shakllantirishdagi o‘rni" nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

        Mazkur ma’naviy-ma’rifiy taqdimotda “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Davletboyev Davron Yenderboyevich, “Shon-sharaf” davlat muzeyi Ikkinchi Jahon urushi davri tarixini o‘rganish bo‘limi boshlig‘i Altinov Ibadulla Ilyosovichlar so‘zga chiqib, mazkur kitob-albomlarning yaratilishi tarixi, shuningdek kitobni o‘rganish yosh avlodni tarbiyalashda ularga Qurolli kuchlar tarixi, ikkinchi jahon urushi davri tarixini chuqurroq o‘rganish imkoniyatini berishi haqida gapirib o‘tdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing