Yangiliklar
Xotira muqaddas, qadrlash savobdir
Joriy yiling 6-may kuni poytaxtimizda joylashgan “G‘alaba bog’i” yodgorlik majumasiga Diplomat International School xususiy maktabi, Yashnobod tumanidagi 204,107-maktablar, Zangiota tumanidagi 21-maktabi shuningdek, Chilonzor tumanidagi 168-maktabi o‘quvchilari tashrif buyurishdi.
06 May
TINCHLIK AKSI SURATLARDA
Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar bo‘limi hamda Olmazor tumani ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida 9-may “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan “Tinchlik aksi suratlarda” mavzusida ko‘rik tanlov bo‘lib o‘tdi.
05 May
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda
Davlat bojxona qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Bojxona instituti hamkorligida mehnat faxriylari, yozuvchilar hamda ofiser va kursantlar ishtirokida “Ajdodlar jasorati – mangu barhayot” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yo‘qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo‘la olmaydi. Tinchlik-xotirjamlik – taraqqiyot garovidir.
05 May
AJDODLAR MATONATI VA JASORATI AVLODLAR UCHUN NAMUNADIR
Mamlakatimizda Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish, faxriylarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
03 May
CHIRCHIQ TRANSFORMATOR ZAVODI JAMOASINING TASHRIFI
Kuni kecha “G'alaba bog'i” yodgorlik majmuasiga Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan Trasformator zavodi ishchi-xizmatchilari majmuaga tashrif buyurishdi.
03 May
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9 sentyabrdagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4820-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, “Shon-Sharaf” davlat muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Markaziy Osiyo xalqaro instituti bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va xotirasida Ikkinchi jahon urushi: voqealar, ishtirokchilar, ramzlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur konferensiyada Polsha, AQSH, Belarus Respublikasi, Indoneziya, Hindiston, Rossiya Federasiyasi, Qozog‘iston, Quvayt, Fransiya, Italiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi xorijiy davlatlarning diplomatik korpus vakillari, harbiy attashelari ishtirok etdi.
30 Apr
“G’alaba bog’i” yodgorlik majmuasida “Uch avlod uchrashuvi”
Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining tashabbusi bilan joriy yilning 28-aprel kuni Sirdaryo viloyatining bir guruh uyushmagan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yigit-qizlar hamda Faxriylarning Toshkent shaxrida joylashgan “G’alaba bog’i” yodgorlik majmuasiga tashrifi uyishtirildi. Mehmonlar xarbiy orkestr sadolari ostida tantanali kutib olindi. Tadbir ishtirokchilari, O‘zbekiston xalqining front va front orti jasorati, mashaqatli mehnatlari shuninmgdek, erishilgan g’alabaga qo‘shgan ulkan hissasi bilan yaqindan tanishdilar.
28 Apr
HАMKORLIK АLOQАLАRI MUTАHKАMLАNMOQDА
Rossiya Federatsiyasi davlat dumasi Mudofaa masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi, Rossiya Qahramonlari assotsiatsiyasi prezidenti, Rossiya Federatsiyasi Qahramoni Vladimir Shamanov boshchiligidagi delegatsiya yurtimizga mehmon bo‘lib keldi.
24 Apr
BАXTLI BOLАLIKDАN АYRILGАN QАLBLАR
“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi harbiy xizmatchilari Poytaxtimizninig Uchtepa tumanida istiqomat qilayotgan Burykin Аnatoliy Ivanovich xonadonida bo‘lishdi. Otaxon o‘tmish xotiralarini eslar ekan, 1941 Insoniyat boshiga kelgan musibatlar, fashistlar tomonidan amalga oshirilgan qabihlik va yovuzliklar u kabi murg‘ak qalblarni bolalik baxtidan judo qilib, unutib bo‘lmas azobu-uqubatlarga ro‘baro‘ qilganini so‘zlab berdi.
19 Apr
MEHR-OQIBАTDАN QUVONGАN DILLАR
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq Xalq ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilgan edi. Ma’lumki, bu borada mamlakatimizda imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining ilmiy-pedagogik salohiyatni oshirish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
15 Apr
Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing