“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9 sentyabrdagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4820-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, “Shon-Sharaf” davlat muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Markaziy Osiyo xalqaro instituti bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va xotirasida Ikkinchi jahon urushi: voqealar, ishtirokchilar, ramzlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur konferensiyada Polsha, AQSH, Belarus Respublikasi, Indoneziya, Hindiston, Rossiya Federasiyasi, Qozog‘iston, Quvayt, Fransiya, Italiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi xorijiy davlatlarning diplomatik korpus vakillari, harbiy attashelari ishtirok etdi.

Mazkur anjumanda ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan materiallar, shuningdek konferensiya to‘plamiga kiritilgan ilmiy maqolalardagi yangi faktlar Ikkinchi jahon urushi tarixi bilan yanada kengroq tanishish imkonini berdi.

Anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad ham Ikkinchi jahon urushi yilllarida vatan tinchligini asrash yo‘lida halok bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan qahramonlarni qidirib topish va ularning xotirasini abadiylashtirishda hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdir.

Tadbir so‘ngida “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va  “Shon-sharaf” davlat muzeyi tomonidan konferensiya ishtirokchilariga maxsus sovg‘alar topshirildi.

 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing