Bu borada 9 may “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi tomonidan ham amalga oshirilayotgan tadbirlar keksa avlod vakillariga qaratilayotgan e’tiborning yorqin misolidir. Shuningdek, majmua tomonidan “9-may xotira va qadrlash kuni”, “Ajdodlar matonati va jasorati avlodlar uchun namunadir”, “Xotira muqaddas - Qadr aziz” mavzularida ko‘chma ko‘rgazmalar hamda “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyiga sayohatlar uyushtirilmoqda.
Ta’kidlash kerakki, Olmazor tumanidagi “Urush va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionati” ning bir guruh faxriylari uchun tashkil etilgan uchrashuvda Mudofaa vazirligi harbiy orkestr jamoasi tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar ularga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Ular majmua faoliyati bilan tanishar ekan, tinchlik va osoyishtaligimiz abadiy bo‘lishini tilab duoga qo‘l ochdi. Uchrashuv chog‘ida Majmua rahbariyati tomonidan mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.