“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida fidokorona mehnat qilganlarni e’zozlash – O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy siyosatining ustivor yunalishlaridan biri” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida fidokorona mehnat qilganlarni e’zozlash – O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy siyosatining  ustivor yunalishlaridan biri” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida fidokorona mehnat qilganlarni e’zozlash – O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy siyosatining ustivor yunalishlaridan biri” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida fidokorona mehnat qilganlarni e’zozlash – O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy siyosatining  ustivor yunalishlaridan biri” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 4-may kuni Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida fidokorona mehnat qilgan faxriylarimizni qahramonligi va tarixiy xizmatlarini keng jamoatchilikka yetkazish, yosh avlodni ota-bobolarimizga munosib, bugungi tinch, osoyishta hayotni asrab-avaylash, yanada mustahkamlashga qodir, Vatanga sadoqatli insonlar etib tarbiyalash hamda Davlat rahbarining 2021-yil 20-aprel kuni qabul qilgan “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarni rag’batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni va “Xotira va Qadirlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini taminlash maqsadida Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida fidokorona mehnat qilganlarni e’zozlash – O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy siyosatining  ustuvor yunalishlaridan biri” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxanov, qo‘mita senatori Farhod Boqiyev, Mudofaa vaziri o‘rinbosari Xamdam Qarshiyev, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Ikromov, Qurolli Kuchlar Akademiyasi Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri o‘rinbosari Komiljon Nosirov, Zulfiya Zokirovaning evarasi Farhod Mamajonov va OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida “Ayol matonati” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yilib, Zulfiya Zokirovaga hurmat-ehtirom ko‘rsartildi.

Shuningdek tadbirda, urush davrida “quloq” sifatida boshqa o‘lkalarga surgun qilingan 59 mingdan ortiq vatandoshlarimiz ham harakatdagi armiyaga safarbar etilganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, ilgari 396 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi urushda halok bo‘lgan, deb aytilardi. Aslida bu raqam 538 mingdan ziyod bo‘lgan bo‘lsa, 158 mingdan ko‘prog’i bedarak yo‘qolgan.

Olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida orden va medallar bilan mukofotlangan O‘zbekiston vakillarining soni bo‘yicha ham oydinlik kiritildi. Ilgari bu ko‘rsatgich 120 ming deb qayd etilar edi. Yangi ma’lumotga asosan Ikkinchi  jahon urushida 200 mingdan ziyod askar va ofitserlarimiz jangovar davlat mukofotlari bilan taqdirlangani aniqlandi. Jumladan, ilgari 280 nafar deb hisoblab kelingan O‘zbekistonlik Sovet Ittifoqi Qahramonlarining soni 301 ta ekani, 70 nafar yurtdoshlarimiz uchala darajali Slava ordeniga sazovar bo‘lgani o‘z tasdig‘ini topgani tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishiga olib keldi, deya ta’kidlab o‘tdi.

Seminar davomida urush qatnashchilarini e’zozlash, ularga hurmat bajo keltirish va ijtimoiy ta’minotini yaxshilash borasida qilinayotgan ishlar xususida ham so‘z bordi. Jumladan, Davlatimiz rahbarining 2021-yil 20-apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag’batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlari mazmun-mohiyati, uning ahamiyati alohida e’tirof etildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing