Olmazor tumani Hokimligi, tuman “Nuroniy jamoatchilik kengashi” va “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi bilan hamkorlikda uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tantanali marosimda Keksa, o‘rta va yosh avlod vakillari ishtirok etdi. Tadbirda elimiz suygan san’atkorlar tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar kechaga o‘zgacha kayfiyat ulashdi. Shuningdek, tadbir davomida mamlakatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shib, hozirda keksalik gashtini surayotgan nuroniylar hamda bugungi kunda turli jabhalarda faol ishtiroki bilan barchaga o‘rnak bo‘lib kelayotgan yurtdoshlarimiz hamda iste’dodli yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
20 Avg