Shundan so‘ng, yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Rossiya, Belorussiya, Vetnam, Tojikiston kabi davlatlarning ishtirokchilari yurtimizning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishdi. Jumladan, poytaxtimizda joylashgan o‘tmish va bugunni bog‘lab turuvchi mustahkam ko‘prik vazifasini o‘tab kelayotgan maskan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo‘lishib, O‘zbekiston xalqining ikkinchi jahon urushi davridagi boshidan kechirgan kechinmalarini o‘zida mujassam etgan nodir eksponat va ekspozisiyalar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarining iliq taasurotlarini bildirishdi.