“ArMI-2021” Xalqaro armiya o‘yinlari ishtirokchilari “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo‘lishdi
“ArMI-2021” Xalqaro armiya o‘yinlari ishtirokchilari “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo‘lishdi
“ArMI-2021” Xalqaro armiya o‘yinlari ishtirokchilari “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo‘lishdi
Markaziy harbiy okrugning “Forish” tog‘ poligonida “ArMI-2021” Xalqaro armiya o‘yinlari doirasidagi mamlakatimiz mezbonlik qilgan “Harbiy-tibbiy estafeta” va “Dala oshxonasi” musobaqalarining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng, yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Rossiya, Belorussiya, Vetnam, Tojikiston kabi davlatlarning ishtirokchilari yurtimizning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishdi. Jumladan, poytaxtimizda joylashgan o‘tmish va bugunni bog‘lab turuvchi mustahkam ko‘prik vazifasini o‘tab kelayotgan maskan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo‘lishib, O‘zbekiston xalqining ikkinchi jahon urushi davridagi boshidan kechirgan kechinmalarini o‘zida mujassam etgan nodir eksponat va ekspozisiyalar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarining iliq taasurotlarini bildirishdi.

Attention! If you find an error in the text, select it and press
Ctrl + Enter to notify the administration