Tadbirda so‘z olganlar, so‘nggi yillarda Mustaqil O‘zbekistonimizning barcha sohalarda dunyo hamjamiyatida yuksak marralar sari odimlab, erishilgan yutuqlar borasida so‘z yuritishdi. Shuningdek, tadbirda jonajon Vatanimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan, jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlashda, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda alohida fidoiylik ko‘rsatayotgan yurtdoshlarimizdan bir guruhi Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyovning farmoni asosida “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni hamda Mudofaa vazirligining ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Tadbir davomida majmuada faoliyat olib borayotgan qurolli kuchlar xizmatchilarining bir guruhiga qimmatbaho sovg‘alar ulashildi. Ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan tantanali marosimda Qurolli kuchlar ashula va raqs ansambli hamda iste’dodli yosh san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar barchaga bayram kayfiyatini ulashdi.