VATAN NELIGIN ANGLATGUVCHI MASKAN BU
VATAN NELIGIN ANGLATGUVCHI MASKAN BU
VATAN NELIGIN ANGLATGUVCHI MASKAN BU
Yurtimizda yoshlar taʼlim-tarbiyasi va kamolotiga alohida eʼtibor qaratilib, eng avvalo, bu sohadagi ishlarni tashkil etishning huquqiy asoslari doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda.

        Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida"gi qonunida yoshlarni huquqiy va ijtimoiy muhofaza qilish, isteʼdodini qoʻllab-quvvatlash masalalari qamrab olingan. "Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida"gi qonunda esa hokimiyat va boshqaruv organlarining bu boradagi vakolatlari hamda sohaga doir boshqa ijtimoiy munosabatlar huquqiy tartibga solingan. Bu boradagi ishlarni tizimli ravishda amalga oshirishda esa, umumtaʼlim maktablarining oʻrni beqiyosdir. Poytaxtimizda joylashgan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi bugungi kunda yoshlarimizni maʼnan yetuk va vatanparvar boʻlib shakllanishida muhim oʻrin tutmoqda. Ushbu maskanga kelgan bolajonlarga eʼtibor berar ekansiz, ularninig koʻz qarashlarida vatangan boʻlgan muhabbat va bugungi tinch va osuda kunlarimizga shukronalaik tuygʻulari joʻsh urayotganiga guvoh boʻlasiz. Bugun ham majmua yoshlar bilan gavjum. Poytaxtimizning Shayxontohur tumanida joylashgan 42-umumtaʼlim hamda maktabi hamda Olmazor tumanidagi 185-umumtaʼlim maktabining  oʻquvchilari “Gʻalaba bogʻi” hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi nodir eksponatlar bilan tanishar ekan, ikkinchi jahon urushi yillarida ona vatanimiz tinchligini asrash uchun hatto oʻz jonini qurbon qilib, jasorat koʻrsatgan oʻzbekistonlik fidoiylar bilan faxrlanib, kelajakda “Biz ham” ona vatanimizni koʻz qorachigʻimizdek asraymiz,–deya eʼtirof etishdi.

        - Ushbu majmuaga biz ustozlarimiz bilan birgalikda tez- tez kelib turamiz. Sababi, bu yerda joylashtirilgan Ota-bobolarimizning matonati va jasoratiga oid maʼlumotlar bilan tanishib ruhiy kuch olamiz, vatan neligin anglatguvchi dargoh bu –deydi Olmazor tumanidagi 185-umumtaʼlim maktabining  “Alpomish” oʻquv sport gruhining 6 “b” sinf oʻquvchisi Islom Abdurasulov.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing