Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Mustaqillik yillarida ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi o‘zining salohiyati, mustahkam irodasi va matonatini namoyon etib, sinovli va mashshaqqatli kunlarni yengib, ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. So‘nggi yillarda jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik muhiti kun sayin mustahkamlanib bormoqda. Shuningdek, so‘nggi 5 yil davomida yangi O‘zbekistonni barpo etish maqsadida, har jabhada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu esa, mustahkam kelajak barpo etishdek buyuk maqsadlarni amalga oshirishdagi muhim qadamlardan sanaladi.