Yangiliklar
Qozog‘iston Respublikasining Oliy harbiy ta’lim muassasalari mas’ul ofitserlari “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo‘lishdi
Qozog‘iston Respublikasining Oliy harbiy ta’lim muassasalari mas’ul ofitserlaridan iborat delegatsiya poytaxtimizda joylashgan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo‘lishdi. Tashrif avvalida mehmonlar majmuadagi ulug‘vor “Matonat ramzi” hisoblanmish Zulfiya Zokirova hamda uning oilasiga bag‘ishlangan yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yishdi.
12 Noy
Qozog‘iston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakillaridan iborat delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi
“O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan soha vakillarini qutlash uchun Qozog‘iston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakillaridan iborat delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.
11 Noy
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash hodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi a’zolari kasb bayrami munosabati bilan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo’lishdi
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash hodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi a’zolari kasb bayrami munosabati bilan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo‘lishdi. Tadbir ishtirokchilari dastavval majmua hududidagi matonatli o‘zbek ayoli Zulfiya Zokirova yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yishdi. “Shon sharaf” davlat muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishgan soha vakillari Ikkinchi jahon urushi davriga oid bo‘lgan nodir materiallar va eksponatlarni ko‘zdan kechirishdi.
11 Noy
Yurtimizda “O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari kuni” keng nishonlanmoqda
Ma’lumki 11-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasininig “O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan respublikamizninig barcha korxona va tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan kasaba uyushmalari hodimlarining kasb bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida ushbu sana munosabati bilan tantanali bayram dasturi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘z xizmat majburiyatlari va burchini vijdonan bajarib, fuqarolar o‘rtasida milliy armiyamizga bo‘lgan cheksiz hurmat va iftixor tuyg‘ularini shakllantirish, harbiy xizmat nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shib, yoshlarimizda jasurlik va fidoiylik kabi fazilatlarni shakllantirishda jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan kasaba uyushmalarining bir guruhi Mudofaa vazirligi rahbariyati tomonidan rag‘batlantirildi
10 Noy
Ertamiz egalari tantanali “Va’da” berishdi
Vatanni onaga qiyoslaymiz. Zero, inson ona allasi va ona mehri bilan ulg‘ayadi, kamol topadi. Vatan esa, o‘z bag‘rida o‘nib o‘sayotgan farzandlari uchun mustahkam qo‘rg‘ondir. Bu muqaddas tushunchalar insonni doimo ezgu maqsadlar va yuksak marralar sari undaydi. Jonajon vatanimizninig tinchligi va farovonligi esa, shu makonda yashayotgan fuqarolarning sadoqati va fidoiyligiga chambarchas bog‘liqdir. Yurtimizda vatanimiz tinchligini asrab-avaylash, ajdodlarimizdan bizga me’ros bo‘lib kelayotgan sadoqat va insonparvarlik hamda fidoiylik tuyg‘ularini yoshlarimiz ongiga singdirish, vatanga munosib farzandlar etib kamol topishida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini kengaytirish borasidagi izchil islohotlarning amaliy natijalariga ko‘plab misollar keltirishimiz mumkin.
06 Noy
Vatan naqadar azizligin anglatuvchi dargoh bu!
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi yoshlar bilan gavjum. Erta tongdan ushbu maskanga oshiqqan talabalar, tinchlikni taʼminlash yoʻlida jon olib, jon bergan Ota-bobolarimizninig xayot yoʻlidan ibrat olish bosh maqsadimiz, – deya taʼkidlashdi. Milliy universitetning “Oʻzbek Izrail” qoʻshma fakultetining ikkinchi bosqichida tahsil olayotgan shijoatli bu yoshlar, Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekiston xalqininig front va front ortida koʻrsatgan matonati va bagʻrikengligini, vatanga boʻlgan sadoqati va koʻrsatgan qahramonliklarini madh etuvchi nodir eksponatlar bilan tanishib, oʻzlarining olgan taassurotlarini oʻrtoqlashdi.
01 Noy
“Gʻalaba bogʻi” – mardlar maydoni, “Shon-sharaf” muzeyi – yurtimning shaʼni!
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevninig tashabbusi va gʻoyasi ostida bunyod etilgan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi bugungi kunda nafaqat xalqimizninig, balki, Xorijiy davlatlardan yurtimizga tashrif buyurayotgan mehmonlarninig ham sevimli maskaniga aylanib bormoqda desak mubolagʻa boʻlmaydi. Ayniqsa, ushbu Majmua faoliyati bilan bogʻliq loyihalarni amalga oshirish yoʻlida hamkorlik qilishni istayotgan qoʻshni davlatlar soni ham ortib bormoqda. Jumladan, joriy yilninig 28-30 oktabr kunlari Rossiya federatsiyasi Moskva shahridagi “Uchinchi ming yillikda taʼlim” mintaqalararo jamoat fondi tomonidan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon sharaf” davlat muzeyida 1941 hamda 1945-yillarda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining xotiralari asosida “Mening urushim” nomli hujjatli film suratga olinmoqda. Unda Oʻzbekiston xalqininig Ikkinchi jahon urushi davrida buyuk Gʻalabaga qoʻshgan ulkan hissasi, front ortida koʻrsatgan matonati va insonparvarligi hikoya qilinadi.
30 Okt
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi Xorijlik mehmonlarning eʼtiborida
Yangi Oʻzbekiston tarixiy bosqichiga qadam qoʻyilgan ilk kunlardan buyon yurtimizda maʼnaviyat va maʼrifatga boʻlgan alohida eʼtibor, boy va hech kimda yoʻq tarixiy-madaniy merosimiz qadr-qimmatini oʻrniga qoʻyish, uni chuqur oʻrganish va sohalar rivojida unumli foydalanishga alohida urgʻu berib kelinmoqda.
22 Okt
Qoraqalpog‘iston hamda Navoiylik faxriylar “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi faoliyatiga yuqori baho berdi
Yurtimizda keksalarni e’zozlash va ularga har tomonlama hurmat ehtirom ko‘rsatish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar o‘z samarasini bermoqda.
22 Okt
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi tarixga sayohat qildi
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasininig bir guruh o‘qituvchi va mutahassislari ham “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sayohat uyushtirdi.
22 Okt
XORIJLIK JURNALISTLAR “GʻALABA BOGʻI” MAJMUASIDA BOʻLISHDI
Yurtimizda 2021-yil 24-oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuniga jiddiy tayyorgarlik koʻrilmoqda.
21 Okt
Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing