OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA OʻZBEKISTON EKOLOGIK PARTIYASIDAN KOʻRSATILGAN NOMZOD BILAN UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA OʻZBEKISTON EKOLOGIK  PARTIYASIDAN KOʻRSATILGAN NOMZOD  BILAN UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA OʻZBEKISTON EKOLOGIK PARTIYASIDAN KOʻRSATILGAN NOMZOD BILAN UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga ham oz vaqt qoldi.

        2021-yilninig 20-sentabr sanasidan boshlangan nomzodlarninig saylovoldi dasturining targʻiboti qizgʻin pallaga kirdi. Joriy yilninig 20-oktabr kuni Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan koʻrsatilgan nomzod bilan Olmazor tumani saylovchilari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida boʻlib oʻtgan ushbu uchrashuvda Oliy majlis qonunchilik palatasi Spiker oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlis qonunchilik palatasi deputatlari, Olmazor tuman aholisi va talabalar ishtirok etdi. Tadbirda Respublika boʻyicha ishonchli vakil tomonidan Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodovning tarjimayi holi hamda saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi. Shuningdek, ushrashuvda “Biz kelajak uchun javobgarmiz”  shiori ostida saylovoldi dasturning bosh maqsadi–mamlakatda ekologik barqarorlikni taʼminlash hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yashil taraqqiyot tamoyillarini iqtisodiyotni barcha sohalariga keng joriy etish orqali xalqimiz va kelajak avlod uchun munosib turmush sharoitlari yaratish kabi qator masalalar hususida soʻz bordi.

 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing