“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi, Respublika harbiy prokuraturasi hamda Mudofaa vazirligi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkorligida Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda kelajagimiz egalari boʻlmish yoshlar, yurtimizning taniqli yozuvchi va shoirlari ishtirok etdi. Taʼkidlash joizki, Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy – ilmiy meʼrosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy – estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutadi. Ulugʻ shoir oʻzining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarni, ona tilimizning beqiyos soʻz boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam oʻrin egallagan.
08 Fev