Yurtimiz ayollari e’zozda
Yurtimiz ayollari e’zozda
Yurtimiz ayollari e’zozda
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Mudofaa vazirligining bir guruh ofiserlari va “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi xodimlari poytaxtimizning Mirobod tumanida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi faxriysi Chervanyova Vera Pavlovna xonadonida bo‘lib, onaxonga bayram sovg‘alarini taqdim etishdi.

        Shu kuni mehmonlar tomonidan Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari ijrosida onaxonga qo‘shiqlar guldastasi tuhfa qilindi.

        Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari tomonidan barchamiz uchun qadrli bo‘lgan faxriylarimiz xollaridan xabar olish, ularga munosib turmush sharoitini yaratish kabi xayrli ishlar davom etmoqda.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing