“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga mevali daraxtlar ekildi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga mevali daraxtlar ekildi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga mevali daraxtlar ekildi
Davlatimiz rahbarining “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan “Yashil makon”  umummilliy loyihasi respublikamizning barcha shahar va qishloqlarida jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.

        Jumladan, poytaxtimizda qad rostlagan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida ham bu borada salmoqli ishlar olib borilmoqda. Majmua rahbariyati hamda Olmazor tumani hokimiyati hamkorligida ushbu maskanga 300 tubdan ortiq turli hil navdagi olma daraxtlari ekildi. Bu kabi ishlar davom etmoqda.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing