“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi tomonidan onlayn darslar tashkil etilmoqda
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi tomonidan onlayn darslar tashkil etilmoqda
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi tomonidan onlayn darslar tashkil etilmoqda
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasini xalqimiz, ayniqsa yoshlar uchun harbiy tarix va ajdodlarimiz qahramonligini o‘rganish bo‘yicha ilmiy markazga aylantirish yuzasidan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

        Jumladan, Yurtimizning qator Oliy harbiy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bo‘lajak vatan posbonlari uchun zum orqali mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Navbatdagi mashg‘ulot esa, Davlat Bojxona instituti tinglovchilari va kursantlari ishtirokida olib borildi. 
        Mazkur mashg‘ulot O‘zbekistonlik generallari, Dnepr daryosini kechib o‘tish janglari, Leningrad mudofaasi, Partizanlik harakatlarida O‘zbekistonliklarning ishtiroki, Yevropani fashizmdan ozod qilishda vatandoshlarimizning qo‘shgan hissasi, Berlin uchun kechgan janglarda O‘zbekistonliklarning ko‘rsatgan jasoratlari kabi mavzularda olib borildi. Ta’kidlash joizki, bu kabi mashg‘ulotlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, Ota-bobolarimizning vatan tinchligini asrash yo‘lidagi ko‘rsatgan fidoiyligi va qahramonligini yoshlarga o‘rnak va namuna sifatida ko‘rsatib, ajdodlarga munosib tarzda ularni vatanparvarlik ruhida kamol topishlari uchun hissa qo‘shishdir.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing