Xalqaro hamkorlik istiqbollari
Xalqaro hamkorlik istiqbollari
Xalqaro hamkorlik istiqbollari
Yurtimizda Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Mudofaa vazirliklarining xalqaro harbiy hamkorlik boshqarmalari rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

        Unda 2022 yilning  aprel oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlari ishtirokidagi yig‘ilishning kun tartibi, dasturi, muddati hamda unda ko‘rib chiqiladigan masalalar rejasini ishlab chiqish hamda hujjatlar bayonnomasini muhokama qilindi. Mazkur tashrif doirasida Hindiston Mudofaa vazirligining mas’ul ofiserlari poytaxtimizda joylashgan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo‘lishdi. Ushbu maskan faoliyati bilan yaqindan tanishgan mehmonlar O‘zbekiston xalqining ikkinchi jahon urushi yillarida ko‘rsatgan mardligi va insonparvarligini o‘zida aks etgan nodir materiallar va eksponatlar bilan yaqindan tanishib, bu yerdan olgan taasurotlarini esdalik sifatida yozib qoldirishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing