Soʻnggi yillarda yurtimizda malakala va yetuk kadrlarni tayyorlash, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy axborot va innovatsion texnologiyalarni oʻzlashtirgan malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, taʼlim, fan va muzeylar oʻrtasidagi oʻzaro integratsiya jarayonini shuningdek, talabalarda ijodkorlikni yanada rivojlantirish, borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilning 2 - noyabr kuni Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi hamda uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda Andijon viloyat tarixi va madaniyati muzeyi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandumni imzoladi.
02 Noy