“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida navbatdagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida navbatdagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida navbatdagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 30 noyabr kuni “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi, Mudofa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamkorligida “Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston va O‘zbekiston xalqi: ilmiy tadqiqotlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

        Unda Mudofaa vazirligi mas’ul ofiserlari, Ikkinchi jahon urushida jasorat ko‘rsatib, buyuk g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan fidoiy yurtdoshlarimizning oila a’zolari hamda yoshlar ishtirok etdi. So‘z olganlar bugungi kunda yurtimizda amalga oshirlayotgan islohotlar natijasida urushda bedarak yo‘qolgan ota bobolarmizni qidirsh ishlarini amalga oshirishda yaratilayotgan keng imkoniyatlar va buning natijasida erishilayotgan yutuqlar xaqida ishtirokchilarga ma’lumotlar berishdi. Tadbir davomida ikkinchi jahon urushi davri tarixini o‘rganish bo‘yicha ilmiy ish olib borayotgan izlanuvchilar tomonidan ma’ruzalar o‘qildi. 
Mazkur konferensiyada “O‘zbekiston Ikkinchi jahon urushi davrida” nomli kitob albomining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi o‘z faoliyatini boshlagach,  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan ham o‘zaro memorandum imzolandi va hamkorlik aloqaldari tobora mustahkamlandi. Natijada vatan fidoiylarining urush yillaridagi ko‘rsatgan matonati va jasorati bilan bog‘liq ko‘plab yangi ma’lumotlarni aniqlashga muvofaq bo‘ldik. Ushbu kitob albomda ham Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan  ajdodlarimizning boshidan kechirgan ayanchli taqdirini ochib beruvchi yangi ma’lumotlar o‘rin olgan, –deydi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz direktori Usarova Feruza Xolmatovna.
        Tadbir so‘ngida ushbu kitob albomda maqolalari chop etilgan mualliflar, urush faxriylarining oila a’zolariga ushbu kitob taqdim etildi. 
        Xulosa o‘rnida aytish joizki, yurtimizda amalga oshirilayotgan bu kabi ezgu ishlar nafaqat ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, balki, yosh avlodni harbiy vatanparvarlik ruhida kamol topishlarida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing