Davlat boshqaruvi organi rahbarlari uchun tashkil etilgan maxsus yig‘in yakunlandi
Davlat boshqaruvi organi rahbarlari uchun tashkil etilgan maxsus yig‘in yakunlandi
Davlat boshqaruvi organi rahbarlari uchun tashkil etilgan maxsus yig‘in yakunlandi
“G‘alaba bog‘i”da Chirchiq poligonida hafta mobaynida davlat boshqaruv organlari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yigʻinning so‘nggi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

        To‘rt kun davomida Mudofaa vazirligiga qarashli Chirchiq umumqoʻshin poligonida davlat boshqaruv va mahalliy davlat hokimyati organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yigʻin o‘tkazildi. Unda vazirlar, raislar, agentlik va inspeksiya boshliqlari, bosh direktorlar haqiqiy harbiy xizmat muhitida mashg‘ulot o‘tadilar. Ishtirokchilar faqat harbiy mashgʻulotlar bilan cheklanib qolmadilar. Mazkur yigʻin davomida davlat boshqaruv organlari rahbarlari jahon va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat boʻyicha tahliliy maʼlumotlar, Qurolli Kuchlarni rivojlantirishda harbiy-maʼmuriy sektorlarning faoliyati va roli bilan tanishdi. Yigʻin ishtirokchilari aloqa, taktik-tibbiy, harbiy sport hamda otish tayyorgarliklaridan oʻtib, oʻzlarining bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamladi. Shu bilan birga, operativ, safarbarlik, axloqiy-ruhiy, taktik tayyorgarliklardan oʻtish orqali zamonaviy armiyamizda olib borilayotgan islohotlardan atroflicha boxabar boʻlib bordi. Ular orasida turli sport oʻyinlari boʻyicha musobaqalar tashkil qilindi. Mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari Qodir Tursunov ishtirokida “G‘alaba bog‘i”da tantanali taqdirlash marosimi bo‘tdi. Unda barcha ishtirokchilar mudofaa vazirining tashakkurnomasi va faol ishtirok etgan ishtirokchilar faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing