Qozog‘iston Mudofaa vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Qozog‘iston Mudofaa vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Qozog‘iston Mudofaa vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Qozog‘iston Respublikasi mudofaa vazirining o‘rinbosari general-leytenant Sultan Kamaletdinov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalarida ishtirok etish uchun mamlakatimizga yetib keldi.

        Tashrif chog‘ida  mehmonlar "Gʻalaba bog‘i" yodgorlik majmuasida bo‘lib, ushbu maskan faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Dastavval, majmuadan o‘rin olgan "Matonat madhiyasi" monumenti poyiga gulchambar qo‘yishdi. O‘zbekiston xalqininig Ikkinchi jahon urushi yillarida millatlar ozodligi yo‘lida ko‘rsatgan fidoiyligi va jasoratiga yuksak baho berib, olgan taassurotlarini esdalik sifatida yozib qoldirishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing