Rossiya Federasiyasi Sankt-Peterburg Gubernatori Aleksandr Dmitriyevich Beglov boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Rossiya Federasiyasi Sankt-Peterburg Gubernatori Aleksandr Dmitriyevich Beglov boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Rossiya Federasiyasi Sankt-Peterburg Gubernatori Aleksandr Dmitriyevich Beglov boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Rossiya Federasiyasi Sankt-Peterburg Gubernatori Aleksandr Dmitriyevich Beglov boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

          Mehmonlarni Toshkent shahar hamda Olmazor tumani hokimligi va “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi rahbariyati tantanali ravishda kutib oldi. Dastavval mehmonlar majmua hududidan o‘rin olgan “Matonat madhiyasi” monumenti poyiga gulchambar qo‘yishdi.  Shundan so‘ng, ushbu majmua hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekiston xalqining buyuk g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasini o‘zida namoyon etgan nodir materiallar va noyob eksponatlarni ko‘zdan kechirishdi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, ma’lumotlarga ko‘ra Ikkinchi jahon urushi davrida qamalda qolgan Leningraddan 5 000 dan ortiq bolalar, bir qator zavod, fabrika va ta’lim hamda ilmiy muassasalar O‘zbekistonga evakuasiya qilingan.

        Tashrif chog‘ida Sankt-Peterburg shahri rahbari tomonidan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga O‘zbekiston xalqining urush davrida Leningrad xalqiga ko‘rsatgan insonparvarligi va oliyjanobligiga chuqur ehtirom ramzi sifatida “Дўстлик дарвозаси” ёдгорлик монументининг “Тамал тоши” ўрнатилди (бу ёдгорлик монументи келгусида ўрнатилиши режалаштирилган).

       – Ushbu o‘rnatilgan yodgorlik qamaldagi Leningraddan evakuasiya qilingan aholini qabul qilgan mehridaryo o‘zbek xalqiga cheksiz minnatdorchilik hamda O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan leningradliklarga hurmat belgisidir,– dedi o‘z so‘zida Aleksandr Beglov. Tadbir davomida delegatsiya a’zolari faxriylar bilan dildan suhbat qurib, ularning boshidan kechirgan ayanchli kunlari haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Ayniqsa, murg‘ak bolalik davrlarida mudhish urushning beshavqat va ayovsiz kunlarini alam bilan eslagan faxriylar, o‘sha davrlarda O‘zbekiston xalqining naqadar bag‘ri kengligi va ko‘rsatgan saxovatiga tahsinlar aytib, o‘z navbatida ko‘zlarida minnatdorlik va rozilik tuyg‘ulari ila “O‘zbekiston mening jonajon vatanim,” – deya hayajon ila ta’kidlashdi. Tadbir so‘ngida bugungi tinch va osuda kunlarga shukrona keltirgan faxriylar, turli kuy va qo‘shiqlarni dildan ijro etdilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing