Harbiy qismlardagi  Eng ilg‘or madaniyat markazi boshlig‘i”  hamda “Eng yaxshi kutubxonachi”lar aniqlandi
Harbiy qismlardagi  Eng ilg‘or madaniyat markazi boshlig‘i”  hamda “Eng yaxshi kutubxonachi”lar aniqlandi
Harbiy qismlardagi  Eng ilg‘or madaniyat markazi boshlig‘i”  hamda “Eng yaxshi kutubxonachi”lar aniqlandi
“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida harbiy qism komandirlarining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha maslahatchilari — madaniyat markazi boshliqlari o‘rtasida “Eng ilg‘or madaniyat markazi boshlig‘i, harbiy qism kutubxonalari va kutubxonachilari o‘rtasida “Eng yaxshi kutubxona” va “Eng yaxshi kutubxonachi” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqich tanlovi o‘tkazildi.

        Tanlovda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimlari,  Yozuvchilar uyushmasi o‘quv-metodika va harbiy vatanparvarlik bo‘limi mutahassislari, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xodimlati, Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi Axborto kutubxona ishlari bo‘yicha bosh mutaxassislari hakamlik qildi. Ko‘rik tanlovning yakuni bo‘yicha quyidagi ishtirokchilar g’oliblikni qo’lga kiritdi:

“Eng yaxshi kutubxona” yo‘nalishida

1-o‘rin — Toshkent harbiy okrugi;

2-o‘rin — Sharqiy harbiy okrug;

3-o‘rin — Markaziy harbiy okrugiga.

“Eng yaxshi kutubxonachi” yo‘nalishida

1-o‘rin — Parvina Abduhamidova (MHO);

2-o‘rin — Maftuna Jumayeva (JG‘MHO);

3-o‘rin — Zeboxon Raupova (HHM va HHKQ).

“Eng ilg‘or madaniyat markazi boshlig‘i” yo‘nalishida

1-o‘rin — Abbos Safaraliyev (TOQQQ);

2-o‘rin — Gulzoda Mamatova (SHG‘HO);

3-o‘rin — Feruza Ochilovalarga nasib qildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing